Qoraqalpog`istonda yangi klinika o`z faoliyatini boshladi

Salomatlik 19.09.2021, 18:10
Teglar: klinika
Qoraqalpog`istonda yangi klinika o`z faoliyatini boshladi

Bugun 19 sentyabrda Nukus shahrida 120 o`ringa mo`ljallangan zamonaviy Qoraqalpog`iston tibbiyot instituti klinikasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. SSV buni ma`lum qildi.

Tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi Murat Kamalov, Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Amrulla Inoyatov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Murad Qurbanov, Qoraqalpog`iston tibbiyot instituti rektori, senator Oral Ataniyazova va keng jamoatchilik vakillari qatnashgan.

Shuningdek, Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari A. Inoyatov ham so`zga chiqib, tibbiyot sohasiga qaratilayotgan katta e`tibor haqida aytib o`tgan.  

Shundan so`ng, mutasaddilar va keng jamoatchilik vakillari klinikada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishadilar.

Ta`kidlanishicha ushbu markazda Orolbo`yi hududidagi tug`ma kasalliklari bor bemor bolalar davolanib, unga muvofiq, Rossiya, Koreya Respublikasi, Avstriya kabi davlatlarning etakchi klinikalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, eng noyob jarrohlik operasiyalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, bu erda tibbiyot sohasidagi talabalarni o`qitish va amaliyot ishlarini tashkillashtirish, shu orqali malakali kadrlarni tayyorlash ko`zda tutilgan.

"Hozirgi kunda mazkur markaz Yaponiyaning “JICA” tashkiloti granti va byudjet mablag`lari hisobidan zamonaviy asbob-uskunalar (MRT, kompyuter tomografiyasi, angiograf, mini-invaziv jarrohlik uskunalari), telemedisina va elektron poliklinika uskunalari bilan jihozlanmoqda. Klinikada 69 nafar shifokor, 134 nafar hamshira, 91 nafar kichik tibbiyot xodimlari hamda 79 nafar texnik xodimlar faoliyat yuritishi ko`zda tutilgan",deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1