2021 yil 16 sentyabr kuni soat 15:00 larda To`raqo`rg`on tumani Shoxidon MFY ichki yo`lida Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan fuqaro Namangan shahridagi MChJga tegishli bo`lgan Kobalt rusumli avtomashinani yo`l varaqasi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning chap tomoniga chiqib ketib, dala maydonidagi chuqurlikka tushib ketgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, Kobalt rusumli avtomashinada bo`lgan yo`lovchi og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Kobalt rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, o`ng chakka va bel sohalari ezilishi hamda avtomashinada bo`lgan yo`lovchilar, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 2007 yilda tug`ilgan fuqaro bosh miya yopish shikasti, o`ng chakka va bel sohalari ezilishi, Mingbuloq tumanida yashovchi, 2005 yilda tug`ilgan fuqaro bosh miya yopish shikasti, chap qo`l bilak suyagini ochiq sinishi,Namangan tumanida yashovchi, 2005 yilda tug`ilgan fuqaro bosh miya yopiq shikasti, ko`krak qafasi yopiq shikasti, peshona sohasi yumshoq to`qimalarini lat eyishi tashxisi bilan tan jarohati olishib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo`yicha To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 sentyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






