AsosiyJamiyat

Tezkor xabar: Maxsus komissiya Qarori bilan ommaviy tadbirlar o`tkazish tartibi o`zgardi

'Tezkor xabar: Maxsus komissiya Qarori bilan ommaviy tadbirlar o`tkazish tartibi o`zgardi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilindi.  

Tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2021 yil 20 sentyabrdan boshlab mamlakatimizda tomosha, madaniy-ko`ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari), ommaviy tadbirlar va yig`ilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o`tkazishga ruxsat berildi.  

Ma`lum bo`lishicha, madaniy-ko`ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig`ilishlarni o`tkazishda quyidagi karantin cheklovlariga rioya etish talab qilinadi:  

  • madaniy-ko`ngilochar ob`ektlar (teatr, kinoteatr, konsert zallari) ishchi va xodimlari hamda ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va xizmat ko`rsatuvchilari bo`lgan shaxslar (salomatligi bo`yicha qarshi ko`rsatma bo`lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat`i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to`g`risidagi QR-kodli sertifikati mavjud bo`lishi lozim;  
  •  madaniy-ko`ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni o`tkazishda tashrif buyuruvchilar:

🔹 tibbiy niqobda bo`lishlari;  

🔹 antiseptik vositalardan foydalanishlari;

🔹kirish joylarida tana haroratini o`lchash kabi muhim sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya etishlari shart.

Shu bilan birga madaniy-ko`ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni o`tkazish ob`ektlariga faqatgina koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to`g`risidagi QR-kodli sertifikati mavjud bo`lgan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi (salomatligi bo`yicha qarshi ko`rsatmalar bo`lgan fuqarolar bundan mustasno) tavsiya etildi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar