Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilingani haqida xabar bergan edik.
Jumladan, Respublika maxsus komissiyasining majlisida O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo`yicha qo`mitaning 2021 yil 24 sentyabrdan e`tiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to`g`risidagi taklifi ko`rib chiqildi hamda ma`qullandi, deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Maxsus komissiya Qarori bilan O`zbekistonda to`ylarni 100 kishilik qilib o`tkazishga ruxsat berilgan edi.






