AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ikkita xususiy bandlik agentligi lisenziyasi bekor qilindi

'O`zbekistonda ikkita xususiy bandlik agentligi lisenziyasi bekor qilindi'ning rasmi

“Yuuki Masaru xususiy bandlik agentligi" MChJga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2019 yil 18 aprelda berilgan №0057-sonli lisenziyaning amal qilishi Farg`ona tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 27 avgustdagi №4-1501-2101/3041-sonli Hal qiluv qaroriga asosan tugatildi.

Shuningdek, “Unated aim xususiy bandlik agentligi markaziy boshqarmasi" MChJga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2019 yil 1 noyabrda berilgan №0046-sonli lisenziyasining amal qilishi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 25 avgustdagi №4-1001-2119/25953-sonli Hal qiluv qarori asosida tugatildi.

    Boshqa yangiliklar