AsosiyJamiyat

Yakkabog`da partalari yo`q xonada dars o`tilgani yuzasidan mutasaddilar javobgarlikka tortildi

'Yakkabog`da partalari yo`q xonada dars o`tilgani yuzasidan mutasaddilar javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Hurmatli xalq ta`lim vaziri Sherzod Shermatov biz tomonga bir boqib qo`ying. Yurtimizda ta`lim sohasida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlaringiz ko`zni quvontiradi! Lekin Yakkabog`da sizni islohotlaringiz etib kelgani yo`q!" nomli videoyozuvda qayd etilgan holatlar viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o`rganildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, Yakkabog` tumani, “Qayrog`och” MFYda joylashgan 39-sonli umumta`lim maktab binosi 420 o`quvchi o`ringa mo`ljallangan bo`lib, 1974 yilda qurilgan. Maktab binosini ta`mirlash uchun 2021 yilda 3 mlrd. 102 mln. 400 ming so`m ajratilgan, qurilish-ta`mirlash ishlari "Avangard gidro-ekspress" MChJ tomonidan olib borilib, 10.09.2021 yilda yakunlangan.

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan maktab binosiga qurilish ishlari yakunida 27 ta sinfxona uchun 405 ta parta, direktor, uning o`rinbosari xonalariga 1 to`plamdan hamda o`qituvchilar xonasiga 2 to`plamdan zaruriy jihozlar etkazib berilishi belgilangan bo`lib, qurilish ishlari yakuni bo`yicha hujjatlar rasmiylashtirilayotgani sababli, 08.09.2021 yilga qadar jihozlar etkazib berilmagan. Shu sababli, maktab ma`muriyati tomonidan eski jihozlardan foydalanilib, o`quv yili boshlangan.  

O`rganishda umumta`lim maktabiga barcha zaruriy jihozlar etkazib berilishi ta`minlandi. O`qituvchilar N.S va O.Slarning maktab direktori bilan dars taqsimoti masalasida yuzaga kelgan kelishmovchiligi sababli, o`quv yili boshlangan kunlari maktabda mavjud jihozlangan xonalarda dars o`tish imkoniyati bo`la turib, maktab ma`muriyatining tashkiliy masalalardagi kamchiliklarini ijtimoiy tarmoqlarda bo`rttirib ko`rsatish maqsadida 5 “a”-sinf o`quvchilariga partalar joylashtirilmagan xonada dars o`tilgan.  

O`qituvchilar N.S va O.S.lar ta`lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha`ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro`siga salbiy ta`sir ko`rsatishga uringanlari uchun ularga maktab pedagoglari va kasaba uyushma a`zolarining qo`shma yig`ilishi qarori bilan hayfsan intizomiy jazosi berildi.

Shuningdek, tekshiruv natijasi bo`yicha maktabning o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish va o`quv jarayonini to`g`ri tashkil qilishda mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygan maktab direktori Sh.Q., o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari A.X. vp xo`jalik mudiri J.J.larga nisbatan intizomiy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar