Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” jamoasi futbolchilari va rahbatiyati o`rtasida maosh to`lanmaganligi sababli janjal chiqqani to`g`risida video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum bo`lishicha, 17 sentyabr kuni “Surxon” futbol klubi binosida sobiq futbolchilar J.E. va A.X. hamda jamoa sardori A.G. o`rtasida futbolchilar bino devoriga rahbatiyat nomiga haqoratli yozuvlar qoldirganliklari tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shu kunning o`zida Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMBga sportchilardan badan shikastlari etkazilgani to`g`risida ariza kelib tushdi.
Mazkur fakt bo`yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv yakuni bo`yicha qonuniy chora ko`riladi.