O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Oliy hay`atining maxsus Qarori bilan Oliy va O`rta maxsus islom bilim yurtlari muallimlari oylik maoshlari va stipendiyalari 20 sentyabrdan boshlab qariyb ikki barobar oshiriladigan bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Hay`at, shuningdek pandemiya sharoitida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan masjidlar xodimlariga ham moliyaviy ko`mak ko`rsatish to`g`risida tegishli qaror chiqardi.
Darhaqiqat, ahli ilmga ko`mak tabarruk dinimiz ahkomlaridan biri va olijanob xalqimizning azaliy odatidir.






