Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jaligida milliy bilim va innovasiyalar markazi in vitro usulida etishtirilgan 1 mln tup uzum ko`chatini sotib olish bo`yicha tender o`tkazdi.
Tenderda uni o`tkazish bo`yicha komissiya raisi, qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari hamda markaz direktori Alisher To`raevning o`g`li Bekjon To`raevga tegishli De Nova Agro kompaniyasi 9,95 mlrd so`m taklif qilgan holda g`olib bo`ldi.
Qishloq xo`jaligi vazirligi «Gazeta.uz» so`roviga ko`ra yaqin vaqtlarda vaziyat bo`yicha munosabat bildirilishini ma`lum qildi.






