AsosiyJamiyat

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov velosipedda: u davlat tashkiloti rahbarlarini 22 sentyabr kunini avtomobilsiz kun qilishga chaqirmoqda

'Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov velosipedda: u davlat tashkiloti rahbarlarini 22 sentyabr kunini avtomobilsiz kun qilishga chaqirmoqda'ning rasmi

Turizm va sport vaziri "Xalqaro avtomobilsiz kun" doirasida davlat idoralari va mahalliy organlar rahbarlarini shaxsiy namuna ko`rsatishga  chorladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lumki, Vazirlar Mahkamasining "Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarori bilan 22 sentyabr O`zbekistonda "Avtomobilsiz kun" deb e`lon qilingan. 

Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlari, taniqli madaniyat va sport vakillarini shaxsiy namuna ko`rsatib, 22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chorladi va murojaat bilan chiqdi: 

“Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlarini shaxsiy namuna ko`rsatib, 22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiraman. Shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat va sport sohalari xodimlari hamda OAV vakillarini, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni shu kuni ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda bir kun davomida avtomobil o`rniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanishga chorlab qolaman. Avtomobilsiz kun aksiyasi doirasida #carfreeday_uzbekistan, #shaxsiynamunakursat, #avtomobilsizbirkun xeshteglaridan foydalanib, yanada keng aholini qamrab olishni taklif etaman. Zero bu kabi tadbirlarni o`tkazish  mamlakatimizda yo`l xarakati xafsizligini yana-da takomillashtirish, shahar aholisi o`rtasida ekologik madaniyat hamda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishni maqsad qilgan. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ham o`z tavsiyalarida jismoniy faollikni oshirish infesion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kasalliklar profilaktikasida muhim o`rin tutishini ta`kidlaydi. Shunday ekan, fikrimcha, ayni damda dunyoda pandemiya bilan bog`liq vaziyatda bunday aksiyaning o`tkazilishi ayni muddaodir”, - deyiladi murojaatda. 

Shu bilan birga, ma`lum qilinishicha, 22 sentyabr kuni mamlakatimiz  hududlarida, mahallalarda yashovchi uyushmagan yoshlar o`rtasida ham velosiped, skeyt va samokatlarda uchish musobaqalari tashkil etiladi.

Ma`lumot uchun, o`tgan yili ham Bosh vazir o`rinbosari aholini avtomobilsiz kun aksiyasiga qo`shilishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar