Bugun, 21 sentyabr kuni soat 12:56da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Nodira” MFY Havaskor ko`chasida joylashgan xonadonlarda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda poytaxt FVB Axborot xizmatmi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, voqea joyiga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 12:59da etib borib, yong`in soat 13:21da o`rab olingan va soat 13:32 da o`chirilgan.
Yong`in oqibatida bir-biriga tutash qurilgan uylarning taxminan 200 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`rab qoladi.






