Buning uchun, byudjetdan yiliga 100 milliard so`m ajratiladi. Bu haqda bugun Prezident Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifida ma`lum qildi.
" - Respublika aholisining 55 foizini yoshlar tashkil etadi.
Ana shu farzandlarimizning ta`lim-tarbiyasi, ularni eng zamonaviy va talab yuqori bo`lgan kasb-hunarlarga o`qitish, bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun, zarur sharoitlar yaratiladi.
Bu orqali, kelgusi besh yilda maktabgacha ta`lim bilan qamrov darajasi 71 foizdan 87 foizga etkaziladi.
Buning uchun, yangi 40 ta davlat va xususiy, 525 ta oilaviy bog`chalar tashkil etiladi, 73 ta davlat bog`chasi rekonstruksiya qilinadi va yana 40 ming nafar bolajonlarga bog`chaga borish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, kelgusi besh yilda Qoraqalpog`istonda jami 90 mingdan ziyod yangi o`quvchi o`rinlari yaratiladi.
Jumladan, 55 ta yangi maktab, 187 ta maktab uchun qo`shimcha o`quv binolari quriladi, 135 ta maktablar kapital ta`mirlanadi va to`liq jihozlanadi.
Buning hisobidan, Nukus shahridagi maktablarning yuklamasi 30 foizga, To`rtko`lda esa 25 foizga kamayadi, Bo`zatov, Qo`ng`irot, Ellikqal`a tumanlaridagi maktablar to`liq ta`mirdan chiqariladi.
Ushbu maqsadlarga, byudjetdan 1,6 trillion so`m ajratiladi", deya va`da berdi Prezident.






