AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 4-10 oktyabr kunlari “Keksalar haftaligi” o`tkaziladi

'O`zbekistonda 4-10 oktyabr kunlari “Keksalar haftaligi” o`tkaziladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi mas`ul xodimi Farhod Eshmo`minov ma`lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o`rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga asosan har yili oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni o`tkazish belgilangan.

Shunga ko`ra, joriy yilning 4-10 oktyabr kunlari “Keksalarni e`zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko`rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g`oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu haftalik doirasida joylarda qator ma`naviy-ma`rifiy, sport, obodonlashtirish va xayriya tadbirlari o`tkazilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar