AsosiyJamiyat

1 oktyabrdan 38 ta mahallada “Elektron kuzatuv maskanlari” tashkil etiladi

'1 oktyabrdan 38 ta mahallada “Elektron kuzatuv maskanlari” tashkil etiladi'ning rasmi

“Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (588-son, 20.09.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrgacha mahallalarda barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” (maskanlar) negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish bo`yicha eksperiment o`tkaziladi.

Eksperiment doirasida:

  • tadbirkorlarga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofida 6 kvadrat metrgacha “Elektron kuzatuv maskanlari” joylashtiriladi, qolgani tadbirkorlik uchun 5 yil muddatga ijaraning “nol” stavkasi asosida beriladi;
  • maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlar “E-auksion” platformasida elektron tanlov o`tkazish orqali aniqlanadi;
  • ijara muddati tugagandan so`ng maskanlarning binolari mahallaga mulk huquqi asosida qoldiriladi.

Shunga ko`ra, hududlarda tegishli 38 ta mahalladagi maskanlar “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi.

    Boshqa yangiliklar