Baliqchilik ilmiy tadqiqot institutida Vengriya davlatining Budapesht shahrida joylashgan Veterinariya tibbiyoti universiteti olimlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan em ishlab chiqaruvchi “BIZNES DEVELOPMENT CONSALTING” mas`uliyati cheklangan jamiyati tashabbusi bilan bo`lib o`tgan mazkur uchrashuvda baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish borasidagi bir qator masalalar yuzasidan mulohazalar olib borildi.
Xususan, baliqlarda uchrovchi kasalliklarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida institut bazasida xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlikda baliqchilik xo`jaliklari rahbarlari hamda institut xodimlarini tizimli ravishda o`qitish taklifi kiritildi.
Shu bilan birga, baliq ozuqasi tarkibiga o`zgartirish kiritgan holda ya`ni kasalliklarga chidamliligini oshirib, immunitetini ko`taruvchi qo`shimchalar qo`shgan holda ishlab chiqarish bo`yicha istiqboldagi rejalar kelishib olindi.
Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar tomonidan institut xodimlariga baliqlarda uchrayotgan kasalliklarni aniqlash usullari bo`yicha mahorat darslari o`tildi.






