AsosiyJamiyat

YPX inspektorini haqoratlagan ohangaronlik haydovchiga qonuniy chora qo`rildi (video)

'YPX inspektorini haqoratlagan ohangaronlik haydovchiga qonuniy chora qo`rildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Fuqaroni haqorat qilgan GAI yoxud narkotik mashmashasi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan YHXBB quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi:

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo`lida xizmat olib borayotgan YPX inspektori J.Ubaydullaevning oldiga haydovchi, 1977 yilda tug`ilgan B.M. "Damas" rusumli avtomobilda to`xtab, YPX inspektori bilan bo`lgan o`zaro suhbatda nomaqbul so`zlar aytib xodimning xizmat vazifasiga xalaqit bergan.

Ushbu holat yuzasidan YPX inspektori J.Ubaydullaev xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, xodimning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Ma`lumot o`rnida, fuqaro B.M. 2020 yilda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 227-moddasi 2-qismi, 228-moddaning 1 va 3-qismlari, 168-modda 1-qism va 105-moddaning 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan bo`lib, YPX inspektori J.Ubaydullaev uni gumondor sifatida qo`lga olinishida ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar