"Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (735-son, 19.11.2020 y.)ga ko`ra, 2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika bo`yicha "Avtomobilsiz kun" sifatida e`lon qilingan.
Shu munosabat bilan YHXBB, bugun, 22 sentyabr kuni barcha fuqarolardan ishga, o`qishga borishda yoki boshqa sabablar bilan yo`llarda imkon darajasida jamoat transportlaridan, velosipeddan foydalanishlarini yoki piyoda harakatlanishlarini so`ramoqda.
Ushbu kun jahon miqyosida "Avtomobilsiz kun" hisoblanib, fuqarolar mazkur kunda zaruratsiz holatlarda jamoat transportlarida, velosipedda yoki piyoda harakatlanishadi.






