Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 centyabr holatiga ko`ra (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlari soni 462 303 tani tashkil etgan.
Bu 2016 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.
Yillar kesimida mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlari soni:
🔸2016 yilda – 209 220 ta
🔸2017 yilda – 231 147 ta
🔸2018 yilda – 253 179 ta
🔸2019 yilda – 318 304 ta
🔸2020 yilda – 383 901 ta
🔸2021 yilda – 462 303 ta






