AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida yana nosozlik yuz berdi

'Toshkent metrosida yana nosozlik yuz berdi'ning rasmi

Toshkent metropolitenidagi bekatlardan birida poezd eshigida nosozlik aniqlandi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.

Bugun, 22 sentyabr kuni soat 08:37da Chilonzor yo`lining “Xalqlar do`stligi” bekatida 13-yo`nalishdagi harakat tarkibining 2-vagonidagi 4-eshik texnik nosozlik tufayli yopilmay qolgan.

Qayd etilishicha, harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida yo`lovchilar ushbu poezddan tushirilgan. Ortdan kelayotgan 5-yo`nalishdagi harakat tarkibi bir daqiqada etib kelib yo`lovchilarni olib ketgan.

“Toshkent metropoliteni” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilardan uzr so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar