AsosiyJamiyat

Sirdaryoda hududgaz muhandisi gaz tarmog`iga ulab berish uchun tadbirkordan 1 300 AQSh dollari talab qildi

'Sirdaryoda hududgaz muhandisi gaz tarmog`iga ulab berish uchun tadbirkordan 1 300 AQSh dollari talab qildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Hududgaz metrologiya filiali” Sirdaryo bo`limi muhandis-metrologi K.A. “S.” MChJga qarashli tikuv sexi binosini gaz tarmog`iga ulab berish evaziga fuqaro Sh.dan 1 300 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar