Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda «O`zenergoinspeksiya» axborot xizmati rahbari Navro`z Norboboev ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Elektr energetika nazorat inspeksiyasiga tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan jami 13 879 ta ob`ektning elektr ta`minoti loyihalarini ekspertizadan o`tkazib berish yuzasidan murojaat kelib tushgan bo`lib, o`rnatilgan tartibda ekspertizadan o`tkazib berildi. Shu bilan birga umumiy quvvati 705,11 ming.kVt bo`lgan 3 837 ta tadbirkorlik sub`ektining elektr qurilmalari tarmoqqa ulanib amaliy yordam ko`rsatildi.
Shuningdek, elektr energetika sohasidagi korxonalarda 107 ta nazorat tadbiri o`tkazilib, elektr tarmoq xo`jaliklarida amaldagi normativ-huquqiy hujjat talablariga javob bermaslik holatlari bo`yicha 2 333 ta qoidabuzilish aniqlandi. Texnika xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari aniqlangan 68 ta brigada ishlari to`xtatildi va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan baxtsiz hodisalar oldi olindi.
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulangan iste`molchilar yuzasidan 265 ta tadbir o`tkazilib, tizimga 5,9 mlrd.so`mlik zarar keltirish holatlari aniqlandi.






