AsosiyJamiyat

Nodavlat ta`lim tashkilotlari pedagoglariga ham attestasiyadan o`tib toifa olish huquqi beriladi

'Nodavlat ta`lim tashkilotlari pedagoglariga ham attestasiyadan o`tib toifa olish  huquqi beriladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Ta`lim sifatini nazorati qilish inspeksiyasi mutasaddilari bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, bir toifadan keyingi toifaga o`tishdagi 5 yillik muddat cheklovi olib tashlanib, o`qituvchilar endilikda har yili toifa sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.  

Shuningdek, pedagoglarga uyda yoki ishxonada turib o`zi elektron tizim orqali to`g`ridan-to`g`ri hujjat topshirish imkoniyati yaratildi.

O`qituvchilardan talab qilinadigan hujjatlar soni 9 tadan 3 tagacha qisqarmoqda. Bunda, Ta`lim inspeksiyasi zarur hujjatlarni elektron axborot almashinuvi orqali boshqa vazirliklardan mustaqil oladi.

️15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo`lgan oliy malaka toifali (bosh o`qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar, uch yoshgacha bolalari bor ayol o`qituvchilar, pensionerlar hamda homilador ayollar navbatdagi majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi.

Pedagog kadrlarga ushbu qaror qabul qilingunga qadar berilgan attestasiyadan o`tganlik to`g`risidagi sertifikatlar o`z kuchida qoladi hamda amaldagi malaka toifasini (lavozimini) tasdiqlashda va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda ko`rsatilgan malaka toifasi (lavozimi) bo`yicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq to`lashda hisobga olinadi.  

    Boshqa yangiliklar