AsosiyJamiyat

Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar tanlab olinadi

'Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar tanlab olinadi'ning rasmi

Hukumat qarori (592-son, 21.09.2021 y.) bilan Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Ma`muriy reglamentga ko`ra, yirik investisiya loyihasi deyilganda qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentidagi investisiya loyihasi tushuniladi.

 Loyihani amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar Tashqi savdo, investisiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo`yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.

Loyiha doirasida:

  • qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarda – faqat qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo`jaligi maqsadlarida;

 

  •  qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.  

 

 Yakka tartibdagi uy-joy va ko`p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investisiya loyihasi hisoblanmaydi va ko`rib chiqilmaydi.

 Tanlangan erga bo`lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investisiya loyihasi bo`yicha takliflar ko`rib chiqilmaydi.

Bo`sh turgan er uchastkasi bo`yicha hujjatlar yig`ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

 Talabgor yirik investisiya loyihasini amalga oshirish bo`yicha faqat DXM va YaIDXP orqali ariza bilan murojaat etadi.  

Ariza DXM orqali taqdim etilganda BHMning 1 baravari (270 ming so`m) miqdorida yig`im undiriladi.

 YaIDXP orqali murojaat etilganda bu miqdor 243 ming so`mni tashkil etadi.

 Ishchi organ (Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi) ariza va hujjatlarni 3 ish kuni ichida ko`rib chiqadi.

 Kamchiliklar aniqlanmasa, loyiha Hukumat komissiyasiga kiritilib, 10 ish kunida konseptual jihatdan ko`rib chiqiladi.  

 Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Davlat kadastrlari palatasiga bo`sh turgan er uchastkasini aniqlash bo`yicha so`rov yuboriladi.

 Davlat kadastrlari palatasi so`rov kelib tushgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida elektron shaklda er uchastkasi bo`yicha hujjatlar yig`ma jildini tayyorlaydi hamda vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi.  

 Yirik investisiya loyihasiga muqobil takliflar Ishchi organning rasmiy veb-saytida e`lon berilgan kundan boshlab 60 kun davomida (60-kun soat 24:00 gacha) qabul qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar