AsosiyJamiyat

Ko`chmas mulkni ijaraga berish shartnomalari soliq organlarida hisobga qo`yiladi

'Ko`chmas mulkni ijaraga berish shartnomalari soliq organlarida hisobga qo`yiladi'ning rasmi

“Soliq to`lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo`shilgan qiymat solig`ining o`rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (595-son, 22.09.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qarorga ko`ra:

➖ xavfga asoslangan yondashuvni qo`llash amaliyoti QQS to`lovchilarni soliq organlarida maxsus ro`yxatdan o`tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytiriladi;

➖ intizomli soliq to`lovchilarga o`rni qoplanishi lozim bo`lgan QQS summasini qaytarish tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;

➖ intizomli soliq to`lovchilarning ro`yxati Davlat soliq qo`mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantiriladi hamda o`z rasmiy veb-saytida e`lon qilib boriladi.

QQS to`lovchilarni soliq organlarida maxsus ro`yxatdan o`tkazishda arizalar 7 kun ichida ko`rib chiqiladi.

 Arizani ko`rib chiqish natijalari shu muddatda taqdim etilmaganda, QQS to`lovchiga maxsus ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnoma avtomatik ravishda beriladi.

2022 yil 1 yanvardan QQS to`lovchilar va ustav jamg`armasida davlat ulushi 50 foizdan ko`proq miqdorda bo`lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:

- asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o`z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog`liq barcha operasiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish;

- xo`jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo`q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” AATda aks ettirish.

2022 yil 1 yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko`chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo`yiladi. Bunda hisobga qo`yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilarini soliq organlarida qo`shilgan qiymat colig`i bo`yicha maxsus ro`yxatdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar