AsosiyJamiyat

Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori kamaytirilishi mumkin

'Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori kamaytirilishi mumkin'ning rasmi

Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori kamaytirilishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kuni kecha O`zXDP fraksiyasi yig`ilishida “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi birinchi o`qishda muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasida fuqarolarning e`tirozlariga sabab bo`layotgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori pasaytirilgani aytilmoqda. 

O`zXDP fraksiyasining bir guruh deputatlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan avtotransport vositalarini boshqarishda yo`llarda belgilangan tezlikka rioya etilishini radarlar shuningdek, stasionar va ko`chma maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda nazorat qilinishi o`rganilganida fuqarolarimiz tomonidan qo`llanilayotgan jarimalar yuqori ekanligi bo`yicha haqli e`tirozlar bildirilgan.

Shundan kelib chiqib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 1283-moddasi ikkinchi qismi sanksiyasidagi jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (hozirda 5 baravar) qilib belgilash bo`yicha taklif bildirilgan.

Shuningdek, jarimalar aholining real daromadlaridan kelib chiqib belgilanishi bo`yicha yana bir qator takliflar berib o`tilgan.

Boshqa yangiliklar