AsosiyJamiyat

Endilikda hududiy ichki yo`llar jamoatchilik fikri asosida ta`mirlanadi

'Endilikda hududiy ichki yo`llar jamoatchilik fikri asosida ta`mirlanadi'ning rasmi

Endilikda hududiy ichki yo`llar jamoatchilik fikri asosida ta`mirlanadi.

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori  qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrgacha:

➖ Fuqarolar tashabbusi jamg`armasida 1 mlrd so`mdan kam mablag` shakllangan tuman va shaharlar uchun qo`shimcha 57,9 mlrd so`m;  

➖ “Ochiq byudjet” axborot portali orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq bo`lgan tuman va shaharlarga qo`shimcha 59,5 mlrd so`m mablag` ajratiladi.

 2022 yil 1 yanvardan tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yo`llarni ta`mirlash uchun ajratiladigan mablag`larning 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo`llarni ta`mirlashga yo`naltiriladi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo`yicha ma`lumotlar rasmiy veb-sayt va “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi.

 Shuningdek, fuqarolarning tashabbusli byudjetlashtirish jarayoniga jalb etilishi darajasi bo`yicha hududlar reytingi joriy etiladi.  

"Har bir mahalla va ovulda “Ochiq byudjet” axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga ko`maklashuvchi “mobil” guruhlar hamda “tashabbuskorlar burchagi” tashkil etiladi",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar