AsosiyJamiyat

Qorako`l tumani mudofaa bo`limi boshlig`i pora bilan qo`lga tushdi

'Qorako`l tumani mudofaa bo`limi boshlig`i pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Qorako`l tumani mudofaa bo`limi boshlig`i 1976 yilda tug`ilgan fuqaro Y.O. xizmat mavqeidan foydalanib, o`zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiiste`mol qiladi. 

Viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi bo`limi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun ta`magirlik qilib, o`zining Qorako`l tumani Chekirchi mahallasida joylashgan xonadonida kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3-qismi va 211 moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar