Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, tumanning Chuya qishlog`ida “Chuya-Nurota” yo`nalishida harakatlanib borayotgan “Nexia” mashinasi haydovchining boshqaruvni yo`qotishi natijasida yo`ldan chiqib ketgan. Buning oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






