Joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati, Norin tumani, Xaqqulobod-Cho`ja avtomobil yo`lida haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan I.M. boshqaruvidagi "Damas" hamda haydovchi, 1957 yilda tug`ilgan O.T. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`lgan.
Natijada, haydovchi I.M. shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Norin tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






