AsosiyJamiyat

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o`tkazish tartibi belgilandi

'Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o`tkazish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumatning qarori  bilan Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi (vakolatli organ) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili:

  • 15 fevralgacha davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiyalarni to`liq xatlovdan o`tkazadi;
  • 20 martgacha aniqlangan samarasiz davlat funksiyalarini xususiy sektorga o`tkazish imkoniyatini tahlil qiladi;
  • 20 maygacha xususiy sektorga o`tkazish imkoniyati mavjud bo`lgan davlat funksiyalarining iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi va xususiy sektorga o`tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy ro`yxatini shakllantiradi;
  •  1 iyulgacha jamoatchilik muhokamasini o`tkazib, davlat funksiyalariga o`xshash bo`lgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor sub`ektlarining dastlabki ro`yxatini shakllantiradi;
  • 1 avgustgacha xususiy sektorga o`tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro`yxatini tuzadi va tegishli xulosalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
  •  1 oktyabrgacha Hukumat tomonidan ma`qullangan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o`tkazish bo`yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi.  

Shunga ko`ra, Davlat funksiyalarining yagona reestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.  

Davlat funksiyalari autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditasiya, sertifikatlashtirish hamda boshqa mexanizmlarni qo`llagan holda xususiy sektorga o`tkaziladi.

Boshqa yangiliklar