Joriy yilning 23 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligida “Air Marakanda” MChJ XK va “Uzbekistan Airports” AJ o`rtasida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish va boshqarish” loyihasining davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash bo`yicha marosim bo`lib o`tdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.
Marosimda Transport vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ “Air Marakanda” MChJ XK va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.
Mazkur bitim “Samarqand” xalqaro aeroportida yo`lovchilarga va aviatashuvchilarga yuqori darajada xizmat ko`rsatilishini ta`minlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish, aeroportni boshqarish sohasida etakchi xalqaro kompanyalarni jalb qilish maqsadida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish doirasida imzolandi.






