AsosiyJamiyat

Qaysi mamlakatlar O`zbekistonning emlanganlik to`g`risidagi sertifikatini tan olgan?

'Qaysi mamlakatlar O`zbekistonning emlanganlik to`g`risidagi sertifikatini tan olgan?'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik xizmatining ma`lum qilishicha, hozirgi vaqtga kelib O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan emlanganlik to`g`risidagi sertifikat faqat bitta davlatda rasman tan olingan — bu Vengriya davlati. Shuningdek, yaqin kunlarda Qozog`iston bilan ikkala davlat sertifikatlarini o`zaro tan olish bo`yicha kelishuvga erishilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, hozirda O`zbekiston MDHning boshqa mamlakatlari bilan sertifikatlarni tan olish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda. Sentyabr oyidan boshlab Hamdo`stlik davlatlari ham bir birining sertifikatlarini tan olishi kutilmoqda.

Sanitariya xizmatining ta`kidlashicha, boshqa mamlakatlar bilan sertifikatlarni o`zaro tan olish bo`yicha kelishuv keyinchalik tuziladi.

    Boshqa yangiliklar