AsosiyJamiyat

Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketganligi rostmi?

'Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketganligi rostmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketganligi" haqida xabarlar tarqalgan.  

Aniqlanishicha, joriy yilning 21 avgust kuni dala o`kuv maydonida snaryad qoldiqlari  portlashi natijasida sodir bo`lgan ko`ngilsiz hodisa oqibatida videomurojaatda murojaat qilgan ota-onalar farzandi  Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi R.Baratov hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 21 avgust kuni Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo`lgan qurol-yarog`, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada bo`lish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, prokuror nazorati o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar