AsosiyJamiyat

Bog`chaga qabul qilishda kimlar imtiyozga ega?

'Bog`chaga qabul qilishda kimlar imtiyozga ega?'ning rasmi

 Maktabgacha tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro`yxati (imtiyozli ro`yxat) yangilangan.

 Shunga ko`ra, bolalarning quyidagi kontingenti bog`chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

●  I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning bolalari;

●  ko`p bolali oilalarning bolalari;

●  etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

●  “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg`iz ayollarning bolalari;

●  kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

●  talabalar va pedagoglarning bolalari;

●  akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar;

●  ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o`tkazilayotgan sog`aygan bolalar.

    Boshqa yangiliklar