Bu haqda «O`zgidromet» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 25 sentyabr kunlari quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat 32-34 darajagacha ko`tariladi. Bu me`yordan 4-6 darajaga yuqori degani.
26 sentyabr, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelishi saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17 darajani, kunduz kuni 35-37 darajani tashkil etadi.
Shu kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo`yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12 darajagacha, kunduz kuni 20-25 darajagacha pasayadi.
Dushanba kuni salqin havo O`zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo`yicha harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinchi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati 23-27 daraja, kechasi 12-15 daraja atrofida bo`ladi.
26—27 sentyabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar ko`payadi va ba`zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo haroratining yanada pasayishi kutilmoqda.






