AsosiyJamiyat

Toshkentda tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

2021 yil 22 sentyabr kuni soat 20:45 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Nurafshon-M.Uyg`ur ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi 1989 yilda tug`ilgan D.E. boshqaruvidagi "GAZ-330210" rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi 1959 yilda tug`ilgan M.E. boshqaruvida bo`lgan "HYUNDAI" rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Transport vositalariga texnik shikast etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar