AsosiyJamiyat

Sirdaryoda fuqaro qiymati 97 million dollarlik xazina topdimi? Rasmiy ma`lumot berildi

'Sirdaryoda fuqaro qiymati 97 million dollarlik xazina topdimi? Rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida qiymati 97 million dollarlik xazina topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma`lumot taqdim etdi. Unga ko`ra, bu haqdagi barcha xabarlar yolg`on va ijtimoiy tarmoqlarda yolg`on xabar tarqatgan "Tiktoker" aniqlandi

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Surishtiruv natijalariga ko`ra, ushbu ma`lumotni tarqatgan shaxs Sirdaryo tumani Navro`z mahallasida yashovchi Yu.A bo`lib, u  ijtimoiy tarmoqda o`ziga tegishli akkauntga kuzatuvchilar yig`ish maqsadida yolg`ondan temirdan yasalgan buyumlarni tilla rangga bo`yab, video tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

"Shu o`rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan aholi o`rtasida yolg`on ma`lumot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o`tamiz", - deyiladi Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar