AsosiyJamiyat

Toshkentda “Sokin soy” kafesi yaqinida sodir bo`lgan janjal haqida ma`lumot berildi. Aybdorlar qidirilmoqda

'Toshkentda “Sokin soy” kafesi yaqinida sodir bo`lgan janjal haqida ma`lumot berildi. Aybdorlar qidirilmoqda'ning rasmi

Internet tarmog`ida “Sokin soy” kafesi yaqinida bir nechta kishi va haydovchi o`rtasida kelishmovchilik videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo`yicha ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, 2021 yil 21 sentyabr kuni Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`lida 30 yoshli Farxod I. “Spark” rusumli (davlat raqami 01 138 WHA) avtomobilni boshqarish davomida yo`l chetida to`xtagan. So`ng bir nechta noma`lum shaxslar kelib, haydovchi yo`l harakati qoidabuzarliklarini qayd etib ichki ishlar organlariga jo`natmoqchi deb o`ylab u bilan janjal boshlashgan.

Holat Olmazor tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo`limida qayd etildi. Hozirgi vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noma`lum kishilarning shaxslarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Ularning hatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, qonuniy chora ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar