Bundan 10 yil muqaddam mamlakamiz aholisi va mehmonlariga sifatli transport xizmatlarini ko`rsatish maqsadida yurtimizga ispaniyadan dastlabki "Afrosiyob" zamonaviy elektropoezdi olib kelingan edi.
Davlatimiz rahbarining bevosita rahnamoligida mamlakatimiz mustaqilligning 30 yilligi bayrami arafasida bunday zamonaviy poezdlarimiz soni 5 ta etkazildi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, bunday sa`yi harakatlar to`xtab qolgani yo`q. Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi hamda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ o`rtasida tuzilgan shartnomaga binoan joriy yilning 16 sentyabr kuni “Afrosiyob” poezdining yana bitta harakat tarkibi ispaniyaning Bilbao portidan rossiyaninn Sankt- Peterburg portiga olib kelindi.
Bugun Moskva vaqti bilan soat 05:00 da mazkur "Afrosiyob" zamonaviy elektropoezdi Rossiyadan O`zbekistonga yo`l oldi.
Sentyabr oyining so`nggi kunlarida yurtimiz aholisi yana bir tarixiy voqeaga guvoh bo`ladi.Mamlakatimizga 6- "Afrosiyob" zamonaviy elektropoezdi olib kelinadi.






