Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda Namangan viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari davomida, www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog`idagi foydalanuvchi «Imom al-Buxoriy katibasi» nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qo`llab-quvvatlovchi g`oyalar qayd etilgan videomateriallarni o`z sahifasiga joylashtirganligi aniqlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Olingan ma`lumotni tekshirish uchun o`tkazilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida, «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog`idagi foydalanuvchisi Namangan viloyatida yashovchi, 24 yoshli fuqaro I.A. ekanligi aniqlandi va tezkor tadbirlar natijasida qo`lga olingan.
Aniqlangan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning targ`ibotchilarini aldovlariga ishonib qolmaslikka, o`zingizni qiziqtirgan diniy mavzulardagi savollarga mamlakatimizdagi “UZ” domenidagi rasmiy veb-saytlardan yoki diniy sohada ilmli, malakali mutaxassislar, imom-xatiblar, islomshunos olimlarga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.






