Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston xorijga qiymati 19,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatimizda etishtirilgan qovun va tarvuzlar 20 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan bo`lib, eksport hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 ming tonnaga kamaygan.
O`tgan 8 oy mobaynida O`zbekiston eng ko`p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozog`iston – 29,2 ming tonna
Rossiya – 19,2 ming tonna
Qirg`iz R. – 10,2 ming tonna
Ukraina – 4,9 ming tonna
Latviya – 2,3 ming tonna
Belarus – 1,3 ming tonna
Tojikiston – 960,8 tonna
Germaniya – 939,4 tonna