1

Furqat haqida hujjatli film premera qilinadi

Madaniyat 26.09.2021, 12:34
Furqat haqida hujjatli film premera qilinadi

Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent arxitektura qurilish instituti bilan hamkorlikda suratga olingan “G`urbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi premera qilindi.   Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Kinokartina etuk ma`rifatparvar adib Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat hayoti va ijodiga bag`ishlangan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratildi.    

Ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboev, operator Ravshan Musaev, rassom Sanjar Aminov, kompozitor Abulqosim Muinzoda, kartina direktori Shuhrat Baltabaev.

Filmda Shafoat Rahmatullaeva, Rasulxon Qodirxonov, Muhammadsoli Yusupov, Gleb Gollender, Mirkamol Qoraboev, Yulduz Payzieva, Bobur Aytmagambetov kabi aktyorlar rollar ijro etgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1