Tomsk sudi yog`ochni qayta ishlash “Grin Vud” kompaniyasi direktori Sun Anni to`rt yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Sputnik O`zbekiston xabar bermoqda. U jazoni manzil-koloniyada o`taydi.
Sud ayolni yong`in xavfsizligi talablarini buzish, beparvolik tufayli ikki yoki undan ortiq odamning o`limiga va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko`rsatishda aybdor deb topgan.
2020 yil yanvarida Rossiyaning Tomsk viloyatida ro`y bergan yong`in oqibatida 11 nafar O`zbekiston fuqarolari halok bo`lgan edi.