1

"Kino 5 kunda" tanlovi g`oliblariga sovrinlar afsonaviy aktyor Lyuk Besson tomonidan topshiriladi

Madaniyat 26.09.2021, 13:18
"Kino 5 kunda" tanlovi g`oliblariga sovrinlar afsonaviy aktyor Lyuk Besson tomonidan topshiriladi

Odatda, xalqaro festivallarda ko`pgina yangiliklar sir saqlanadi. Toshkent xalqaro kinofestivalining tashkilotchilari ham taniqli mehmonlar haqidagi ma`lumotlarni sir saqlashmoqda. Ammo ichki manbalardan ma`lum bo`lishicha, «Kino 5 kunda» tanlovi g`oliblarini fransiyalik mashhur kinorejissyor, ssenarist, prodyuser va yozuvchi Lyuk Bessonning shaxsan o`zi taqdirlaydi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

«Kino 5 kunda»  yosh kinoijodkorlar tanlovi bo`lib, ishtirokchilar turli mukofotlar — diplomlar, haykalchalar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Har bir yosh bu mukofotni qo`lga kiritishni,  ayniqsa, uni Lyuk Bessonning qo`lidan qabul qilib olishni orzu qiladi.  

Eslatib o`tamiz, «Kino 5 kunda» tanlovini maqsadi, milliy kinoni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Tanlov ishtirokchilari dasturga muvofiq  besh kun ichida o`zbek urf-odatlari, madaniyati va tarixiga oid filmlarni suratga olishlari kerak bo`ladi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1