O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan «Ipak yo`li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida kino sohasi bo`yicha xalqaro konferensiya tashkil etildi. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialining ochilishiga bag`ishlab o`tkazilgan anjumanda bir qator xorijiy oliy ta`lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Mehmonlar kinofestival doirasida o`tkazilayotgan bir qator tadbirlar haqida so`z yuritishdi. Shuningdek, Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali ochilishini kino sohasidagi katta yangilik, deya ta`kidlashdi.
Konferensiya davomida Qozoq ilmiy-tadqiqot madaniyat instituti bosh direktori Andrey Xazbulatov, Istanbulning Baxchishir universiteti kino departamenti rahbari Nilay Ulusoy, Novosibirsk davlat arxitektura, dizayn va san`at universiteti rektori Bagrova Natalya kabi oliy ta`lim muassasalalari rahbarlari o`z fikrlarini bildirishdi.
Eslatib o`tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 3 oktyabrgacha davom etadi.