1

Timur Bekmambetov paralimpiada o`yinlarida ishtirok etgan o`zbek qizi haqidagi filmni taqdim etdi

Madaniyat 01.10.2021, 09:02
Timur Bekmambetov paralimpiada o`yinlarida ishtirok etgan o`zbek qizi haqidagi filmni taqdim etdi

 Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida bugun rejissyor va prodyuser Timur Bekmambetov bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi.

 

Uchrashuvda Timur Bekmambetov o`zi yaratgan madaniyat sohasini rivojlantirishga qaratilgan jamg`arma haqida ma`lumotlar berdi. Mazkur fondning faoliyati ijodkor yoshlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan. Uchrashuvda rejissyor fond ko`magi bilan ishlangan, Tokioda o`tkazilgan paralimpiada o`yinlari ishtirokchisi Asila Mirzayorova haqidagi qisqa metrajli animasion filmni namoyish qildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda Timur Bekmambetov fondi homiyligida ishlangan rejissyor Levan Gabriadzening “Onajon, bilasizmi, men qaerdaman?” filmi, Janna Bekmambetovaning “Chik-chirik” multfilmi namoyish etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1