AsosiyJamiyat

Bojxona qo`mitasi tovar va transport vositalari chiqish vaqtini monitoring qiluvchi platformani ishga tushirdi

'Bojxona qo`mitasi tovar va transport vositalari chiqish vaqtini monitoring qiluvchi platformani ishga tushirdi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi “Tovarlar va transport vositalarini chiqarish vaqtini tadqiqot qilish” va “Real vaqt rejimida tovarlar va transport vositalari monitoringi” bo`yicha interaktiv xizmat turini joriy etdi.

Bu haqda Qo`mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur xizmat O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 iyundagi "Bojxona ma`muriyatchiligini isloh etish va O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to`g`risida"gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan.

“Tovarlar va transport vositalarini chiqarish vaqtini tadqiqot qilish” interaktiv xizmati “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar bo`yicha ular respublika hududiga kirgandan erkin muomalaga chiqarilgunga qadar bo`lgan vaqtda, davlat nazorat idoralari tomonidan sarflangan o`rtacha vaqtni o`lchash imkoniyatini beradi.

Unga ko`ra, istalgan tovar turi bo`yicha ma`lum bir davr oralig`ida transport vositalar kesimida so`rov yuborilganda, ushbu davr oralig`ida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar bo`yicha ular respublika hududiga kirgandan erkin muomalaga chiqarilgunga qadar bo`lgan vaqtda, davlat nazorat idoralari tomonidan sarflangan o`rtacha vaqt shakllanadi.

""Real vaqt rejimida tovarlar va transport vositalari monitoringi” interaktiv xizmat tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida chetdan olib kelinayotgan tovar va transport vositalarini O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan kirib kelishidan boshlab, yakuniy bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar bo`lgan davr oralig`idagi jarayonlarni real vaqt rejimida tadbirkorlar tomonidan monitoring qilish imkonini beradi.

Bunda tadbirkor o`ziga ma`lum bo`lgan transport raqami va yo`l-yuk hujjatlardan birini kiritish orqali real vaqt rejimida tovarlari va transport vositalari qanday maqomda ekanligi bilish imkonini beradi.

Xizmat 24 soat davomida uzluksiz faoliyat ko`rsatadi. Undan foydalanish bepul",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar