AsosiySiyosat

O`zbekiston Nur-Sultonda Afg`oniston masalasida bo`lib o`tadigan vazirlar yig`ilishida ishtirok etadi

'O`zbekiston Nur-Sultonda Afg`oniston masalasida bo`lib o`tadigan vazirlar yig`ilishida ishtirok etadi'ning rasmi

Abdulaziz Kamilov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha Kengash vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar berdi.

2021 yil 11-12 oktyabr kunlari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Nur-Sulton shahrida bo`lib o`tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha Kengashga a`zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvida ishtirok etadi.

Majlisda mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afg`onistondagi vaziyat, jumladan, gumanitar inqirozni oldini olish maqsadida Afg`oniston xalqiga yordam ko`rsatish imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar