2021 yil 9 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbaeva Elchi, Evropa Ittifoqining O`zbekiston Respublikasidagi delegasiyasi rahbari Sharlott Adrian bilan uchrashdi.
Bu haqda Senatning axborot xizmati ma`lum qildi.
Yig`ilishda O`zbekiston va Evropa Ittifoqi o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama qilingan.
"Ishtirokchilarning fikriga ko`ra, O`zbekiston «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimi plyus benefisiar mamlakati maqomini olgani respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, ishbilarmonlik muhiti yaxshilanganining e`tirofidir",-deyiladi xabarda.
Muloqot davomida Evropa Ittifoqining 2021-2027 yillarda 3 ta muhim yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladigan islohotlari haqida ma`lumot berilgan.
Shuningdek, unda savdo-iqtisodiy aloqalar, ta`lim, ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish, gender tenglik va o`zaro manfaatli boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqilgan.






