AsosiySport

Kubalik bokschilar Toshkentda keldi

'Kubalik bokschilar Toshkentda keldi'ning rasmi

12-oktyabr erta tongda jahon boksida o`z o`rniga ega bo`lgan Kuba terma jamoasi to`liq tarkib bilan yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi ma`lum qildi.

Bundan ikki yil oldin MOQ raisi o`rinbosari, O`zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Saken Polatov Kuba boks federasiyasi prezidenti Alberto Puig bilan uchrashib, yaqindan hamkorlikni yo`lga qo`yish yuzasidan muzokaralar o`tkazgandi. Ushbu kelishuvga ko`ra, o`sha 2019-yilning noyabr oyida O`zbekiston terma jamoasi Kubada o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib bordi. Endilikda mazkur kelishuvning mantiqiy davomi sifatida Kuba terma jamoasi O`zbekistonda yurtimiz charm qo`lqop ustalari bilan o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazadi.

Ayni paytda O`zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining Yangiobod o`quv bazasida yig`in olib bormoqda. Bugun kubaliklar ham ushbu yig`inga qo`shilishadi va har ikki mamlakat bokschilari oldinda turgan jahon chempionatiga birgalikda tayyorgarlik ko`rishadi. Qayd etish lozimki, kubaliklarning Toshkentga kelgan tarkibida uch nafar Olimpiada chempioni ham bor.

Qo`shma o`quv-mashg`ulot yig`ini 22-oktyabrga qadar davom etadi va o`sha kuni har ikki terma jamoa Belgrad shahriga jo`nab ketadi.

    Boshqa yangiliklar